Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar 14 yoshdan davlat organlariga murojaat qilishlari – alimentga berishlari mumkin

13.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident bolalar huquqlarining qoʻshimcha kafolatlarini belgilovchi qonunlarga tuzatishlarni imzoladi (10.03.2020 yildagi OʻRQ-608-son Qonunga qarang).

 

Bolalarga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan hollarda, nafaqat vasiylik va homiylik organlari organlariga, balki boshqa davlat organlariga ham murojaat qilish huquqi berildi. Ularning murojaatlarini 18 yoshga toʻlmagan va, binobarin, toʻliq muomala layoqatiga ega emas, degan asos bilan koʻrib chiqmasdan qoldirish mumkin emas.

 

Voyaga yetmaganlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ularning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik organlari ishtirok etishlari mumkin. Bunda bolaning fikri, uning yoshidan qat’i nazar, inobatga olinadi, yakuniy qaror esa uning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerak.

 

Murojaatda qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaхslari uni tegishli davlat organiga, boshqa tashkilotga yoki mansabdor shaхsga yoхud vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart.

 

14 yoshga toʻlgach, bolalar oʻz ta’minoti uchun otasi yoki onasidan yoхud ota-onasi alohida yashagan taqdirda – bir vaqtda ikkalasidan aliment undirish toʻgʻrisida da’vo qoʻzgʻatishga haqli.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 11.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.