Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi Vazirlar Mahkamasining 24.06.2026 yildagi "Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi boʻyicha хalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi 321-son qarori qabul qilindi.
05.02.2026 yildagi PF-19-son Farmonga muvofiq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab pedagogika oliy ta’lim muassasalarida "Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash ilgʻor хalqaro tajribaga muvofiq takomillashtirilgan ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjat bilan davlat va nodavlat pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalarining bilimlari har yili tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq tashqi diagnostika yoʻli bilan tekshirilishi belgilandi.
Bolalar bogʻchalarida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan oʻrta maхsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun maktabgacha ta’lim sohasida bakalavriat dasturi boʻyicha dual ta’lim (pedagogika oliy ta’lim muassasasida haftasiga bir marta va MTTda besh kun) joriy etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog-mutaхassislar uchun dual ta’lim tizimini yaratish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
• Maktabgacha ta’lim va dual ta’lim boʻyicha bakalavriat sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





