Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari nimaga rahbarlik qiladi

09.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.07.2021 yildagi 419-son qarori bilan bir qator nizomlar tasdiqlandi.

 

Bular:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab- quvvatlash masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom;
  • Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizomga (1) asosan Bosh vazir oʻrinbosari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan soʻng Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.

 

Bosh vazir oʻrinbosari Prezidentga va Bosh vazirga hisobot beradi. Uning faoliyati uzluksiz ta’lim, sogʻliqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.

 

Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Hukumatning a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. U Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.

 

Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari jumlasiga kiradi:

  • uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish;
  • yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
  • ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • atamashunoslik va toponimik ob’yektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish.

 

Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Bosh vazir rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

 

Hujjat Prezidentning “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son, “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.07.2021 yildan kuchga kirdi.
 

Nargiza Vohidova.