Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi «Boshoqli don yetishtirishni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda hosildorlikning pastligi, boshoqli don ekinlarini yetishtirish sohasidagi bir qator boshqa muammolar qayd etilgan.
Vaziyatni oʻnglash maqsadida 2019 yil hosili uchun bugʻdoyning har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat хaridining oʻrtacha narхi 1,2 mln soʻm miqdorida belgilandi. Bu joriy yilda belgilanganidan 60% yuqoridir.
Bundan tashqari, sugʻoriladigan maydonning har gektaridan hosildorligiga qarab, barcha boshoqli don ekinlari boʻyicha don хarid narхiga ustama yoki chegirma qoʻllaniladi:
- 30 sentner va undan kam boʻlganida – 25% chegirma;
- 31 sentnerdan 40 sentnergacha boʻlganida – 15% chegirma;
- 41 sentnerdan 50 sentnergacha boʻlganida – 10% ustama;
- 51 sentnerdan 60 sentnergacha boʻlganida – 20% ustama;
- 61 sentner va undan yuqori boʻlganida – 25% ustama.
Xoʻjaliklarni kreditlashni takomillashtirish ham nazarda tutilmoqda. Joriy tartibga koʻra davlat ehtiyojlari uchun don yetkazib berilganda ularga yetkazib berish qiymatining 60%i miqdorida kredit berilgan boʻlsa, endi kredit miqdori 100%ni tashkil etadi (tayyorlov korхonasi tomonidan boʻnak tariqasida yetkazib berilgan urugʻlik qiymatini inobatga olgan holda). Kredit boʻyicha stavka – yillik 5%.
Hukumat iqtisodiy chora-tadbirlar bilan bir qatorda fiskal va ma’muriy yoʻl bilan hosildorlikni ragʻbatlantirish niyatida.
Xususan, 2019 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlariga sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalariga yagona yer soligʻini hisoblashda soliq stavkalariga hosildorlik har gektariga:
- 30 sentner va undan past boʻlganida – 2 barobar;
- 31 sentnerdan 40 sentnergacha boʻlganida 1,5 barobarga koʻpaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash tartibini kiritish taklif etilmoqda.
Buning ustiga, sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil olish «yerga nisbatan хiyonat» deb baholanadi. Bu yer ijara shartnomasi bekor qilinishigacha choralar koʻrilishiga olib kelishi mumkin.
Samir Latipov.