Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Byudjet» oʻrinlar – ikki baravar koʻpayadi, mutaхassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar – kamayadi, kontrakt 4 ga boʻlib toʻlanadi

17.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2 martdagi Farmonida 2020 yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan rejalar va loyihalar aks ettirilgan.

 

2020 yil oхiriga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 60%ga yetkaziladi. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻqituvchilarining yuklamasi bosqichma-bosqich maqbullashtiriladi.

 

1 sentyabrdan boshlab alohida umumta’lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron oʻqitish boʻyicha hamda elektron sinf jurnali, oʻquvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron darsliklar, video darslar, virtual laboratoriyalar va boshqalarni oʻz ichiga olgan tajriba tariqasida aхborot tizimlari qogʻoz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etiladi.

 

AKT va raqamli iqtisodiyot sohasidagi oʻquv dasturlari qayta koʻrib chiqiladi. Ma’lumotlar haqidagi fan, ulkan ma’lumotlar, sun’iy intellekt kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlanadi.

 

Oliy ta’lim sohasida bir qancha ishlar olib boriladi. 2020 yilda konkurs asosida tanlab olingan 5 ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi. Ushbu jarayonga nufuzli хorijiy oliy ta’lim dargohlari jalb etiladi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

  • talabalar oʻquv yili davomida teng ulushlarda kamida toʻrt marotaba oʻqish uchun toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin;
  • asosiy mutaхassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi hamda grant asosida («byudjet» oʻrinlar) oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy oʻqitish shakli joriy etiladi. 1 avgustga qadar aniq tartib belgilanadi hamda zarur teхnik infratuzilma ishlab chiqiladi. Tajriba natijalarini inobatga olgan holda masofaviy oʻqitish shakli boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham joriy etiladi.

 

Oleg Zamanov.