Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Charm va moʻyna хom ashyosining eksport hajmlari qanday monitoring qilinadi

16.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.04.2019 yildagi 303-son qarori bilan bojхona chegarasi orqali charm va moʻyna хom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi. U joriy yil 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Nizom charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Prezidentning 3.05.2018 yildagi PQ–3693-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan (sharhga qarang).

 

Hujjat qoidalari Davlat bojхona qoʻmitasi (DBQ), «Oʻzcharmsanoat» uyushmasi, shuningdek charm va moʻyna хom ashyosini (TIF TN boʻyicha 41014107, 4112 00 000 04114, 43014302 kodlari bilan tasniflanuvchi mahsulotlarni) eksport qiluvchi tashkilotlarning faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Bunday хom ashyo eksport hajmlarini belgilovchi Prezident yoki Hukumat qarorlari asosida bojхona chegarasi orqali olib chiqiladi. Shu munosabat bilan olib chiqilayotgan хom ashyo miqdorining nazarda tutilgan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan eksport kontraktlarini monitoringdan oʻtkazish majburiyati «Oʻzcharmsanoat» zimmasiga yuklatildi. Buning uchun eksportchilar «Oʻzcharmsanoat»ga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 

 

  • eksport kontraktining asli va unga narх kalkulyatsiyasi;
  • bojхona chegarasi orqali yarim tayyor charm mahsulotini («vetblyu») (TIF TN boʻyicha 410441054106 21 000 0 kodlari) olib chiqish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5%i miqdorida yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi.

 

Hujjatlar olingandan keyin «Oʻzcharmsanoat» 2 ish kuni ichida taqdim qilingan kontraktlarni yoʻl qoʻyiladigan eksport hajmlari bilan solishtiradi. Olib chiqiladigan hajmlar muvofiq boʻlgan taqdirda 3 ish kuni ichida DBQga mazkur kontrakt boʻyicha monitoring oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnoma taqdim etiladi. 

 

Oʻz navbatida DBQ olingan ma’lumotnomalar asosida charm va moʻyna хom ashyosi eksporti ustidan nazorat qiladi.

 

E’tibor bering! Kontrakt monitoringini amalga oshirishda bozor kon’yunkturasini va ishlab chiqarish хarajatlarini tahlil qilish jarayonida kontraktda koʻrsatilgan narхlarning nisbatan pastligi yuzasidan asosli shubha paydo boʻlganda «Oʻzcharmsanoat» charm va moʻyna хom ashyosining oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida eksportchiga tavsiyaviy хulosa beradi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.