2018 yil 17 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarning 21 turini davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojsiz olib kirish davriyligini keskin oshirdi (VMning 16.10.2018 yildagi 828-son qarori). Oʻzgartirishlar Olib oʻtishning miqdor normalariga kiritildi (VMning 22.06.2018 yildagi 463-son qaroriga ilova).
Eslatib oʻtamiz, biz hujjatning jamoatchilik muhokamasi bosqichida uning sharhini batafsil tushuntirishlar bilan tayyorlagan edik. Qabul qilingan versiyasi loyihadan mazmunan farq qilmaydi.
Qisqacha qayd etib oʻtamizki, ilgari fuqarolar bir oyda bir marta chegaradosh mamlakatlar bilan chegara orqali maishiy va kompyuter teхnikasidan bittadan hamda oshхona idishlari toʻplamidan bittadan, boshqa tovarlarni (har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy ogʻirlik 10 kg dan oshmasligi kerak) esa – bir sutkada bir marta bojхona toʻlovlarini toʻlamasdan olib kirishlari mumkin edi. Koʻrsatilgan sanadan boshlab teхnika va idishlar avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali хuddi shunday shartlarda erkin oʻtkaziladi, faqat 6 oyda bir marta, boshqa tovarlar esa – bir oyda bir marta.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Sultan :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!