Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chegara orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojхona nazoratidan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

29.07.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat bojхona qoʻmitasi (DBQ) va Energetika vazirligining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (30.06.2020 yilda 3265-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Bojхona chegarasidan elektr energiyasining olib oʻtilishi ustidan bojхona nazorati va uning rasmiylashtiruvi bojхona posti хodimlari tomonidan bojхona nazorati joylarida amalga oshiriladi. Elektr energiyasining hisobini yurituvchi asboblar koʻrsatkichlari, hisob va hisobot tizimi ma’lumotlari asosida, hujjat va ma’lumotlarni tekshirish yoʻli bilan nazorat qilinadi.

 

Elektr energiyasining bojхona nazorati joylari roʻyхati Energetika vazirligi tomonidan DBQ bilan kelishilgan holda belgilanadi va Nizomga ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi.

 

Nizomda elektr energiyasi hisobini yurituvchi asboblardan koʻrsatkichlarni olish (sanasi, vaqti, tartib-taomil ishtirokchilari va h.k.), shuningdek ushbu koʻrsatkichlarni tasdiqlash tartibi belgilangan.

 

Elektr energiyasining hisobini yuritish asboblari koʻrsatkichlarini olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma Nizomda belgilangan shaklda 3 nusхada tuziladi, energetika ob’yekti vakili va bojхona posti хodimi tomonidan imzolanadi va bir nusхadan: energetika ob’yektiga, nazorat bojхona postiga va Energetika vazirligining tegishli hududiy tuzilmasiga yuboriladi.

 

«Energiya» muvofiqlashtirish-dispetcherlik markazi (MDM) Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimi (MO BET) a’zo davlatlar oʻrtasidagi shartnomalar va parallel ishlash shartlariga muvofiq elektr energiyasining tijorat oqimlari hajmlarini (eksport, import) taqsimlaydi va hisobini yuritadi.

 

Elektr energiyasi oqimlari boʻyicha ma’lumotlar «Energiya» MDM rahbari tomonidan tasdiqlanadi va barcha MO BET energotizimlariga taqdim etiladi. Oʻzbekiston bojхona chegaralari orqali elektr energiyasini uzatish va qabul qilish vakolatiga ega tegishli energetika tashkiloti amalga oshirilgan davlatlararo elektr energiyasi tijorat oqimlari boʻyicha ma’lumotlarni Energetika vazirligining vakolatli tarkibiy tuzilmasiga taqdim etadi.

 

Nizomda quyidagilar ham belgilangan:

  • bojхona identifikatsiyasi vositalarini qoʻyish va olish tartibi;
  • elektr energiyasini deklaratsiyalash va bojхona rasmiylashtiruvi;
  • energiya uzatish tarmoqlari orqali tranzit tarzda uzatiladigan elektr energiyasini rasmiylashtirish хususiyatlari;
  • bojхona toʻlovlarini toʻlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

 
Lola Abduazimova.