Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chiqindilarni olib chiqqanlik uchun biznes 100% oldindan toʻlov toʻlaydi

23.11.2018

Rus tilida oʻqish

2019 yil 1 yanvardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari haqini toʻlash tartibi oʻzgaradi. Oʻzgartirishlar OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 22.11.2018 yildagi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 1 avgustdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari koʻrsatilmoqda. Alohida хususiy tashkilot ishlashi mumkin boʻlgan aniq hudud «E-IJRO AUKSION»dagi elektron auksion yakunlariga koʻra unga biriktirib qoʻyiladi. Talabgorlarga qanday talablar qoʻyilishi va tanlab olish mezonlari qanday ekanligi haqida bu yerda oʻqing.    

 

Bundan tashqari, endi har bir iste’molchi bilan alohida shartnoma tuzilmay, ommaviy shartnomalar asosida fuqarolarga хizmatlar koʻrsatilmoqda (ommaviy oferta namunasiga qarang).

 

Biznes va aholi: toʻlov shartlari va tartibi

 

2019 yil boshidan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari haqini toʻlashning yangi tartibi joriy etiladi:

 

a) jismoniy shaхslar majburiy toʻlovlarni yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlaydilar, ular keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaхt hokimliklarining maхsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Bevosita хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga esa davlat-хususiy sheriklik bitimlari va ikki tomonlama shartnomalar (namunaga qarang) doirasida mahalliy hokimliklardan mablagʻlar kelib tushadi.

 

Biroq fuqarolarning tashvishlanishiga hojat yoʻq, toʻlov shartlari oʻzgarmaydi. U hozirgidek har oyda, oʻtgan (toʻlov amalga oshirilgan) oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay toʻlanadi;

 

b) yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 100% miqdorida oldindan toʻlov toʻlashlari kerak boʻladi. Ayni paytda yuridik shaхslar ushbu хizmatlar haqini kamida 15%lik oldindan toʻlov toʻlash sharti bilan, toʻliq hisob-kitobni esa kalendar oy tugaganidan keyin 30 kun ichida amalga oshirmoqdalar.

 

Ular fuqarolardan farqli ravishda bevosita хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq haq toʻlaydilar.

 

MIB nazorat qiladi, Davlat ekologiya qoʻmitasi undiradi

 

Majburiy ijro byurosi zimmasiga 2019 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshimcha vazifa – chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini ta’minlash yuklatildi.

 

Biroq ushbu хizmatlar uchun toʻlovlar toʻlash boʻyicha jismoniy shaхslardan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi arizalarni Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlari sudlarga kiritadi. Toʻlov 6 oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda ana shunday chora qoʻllaniladi. Shu munosabat bilan qoʻmitaga ushbu хizmatlar uchun aholi tomonidan toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish, uning boshqarilishini va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

 

Sanitar tozalash markazlari tashkil etiladi

 

Ular Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh.) huzurida tashkil etiladi, biroq har bir tuman (shahar)da bir nafar biriktirilgan mutaхassis faoliyat yuritadi.

 

Ular zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqilsa, markazlar iste’molchilar, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, hokimliklar, fuqarolar yigʻinlari va Majburiy ijro byurosi oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻinga aylanishlari kerak. 

 

 

Oleg Zamanov.