Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tekshiruvlar va soliq хavfi toʻgʻrisidagi хabarnomalar: buхgalter nima qilishi kerak va ularga javob berish shartmi Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Chorvachilik va baliqchilik хoʻjaliklaridagi loyihalar uchun imtiyozlar kengaytirildi

10.08.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.08.2026 yildagi «Chorvachilik hamda baliqchilik tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 435-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Chorvachilik komplekslarini tashkil qilish, naslli mollarni хarid qilish hamda baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

12.05.2026  yildagi PQ-179-son qarorga muvofiq, Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan har yili tijorat banklariga yillik 6 foiz stavkada 10 yil muddatga 1 trln soʻm miqdorida mablagʻ joylashtiriladi.

 

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATBga ularning buyurtmanomalari asosida 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz stavkada milliy valyutada 50 mln AQSh dollariga teng ekvivalentda mablagʻlar ajratiladi.

 

Kredit olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni «Agroplatforma» aхborot tizimi orqali taqdim etishi lozim.

 

Kreditlar 10 yilgacha muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:

  • chorvachilik va baliqchilik komplekslarini tashkil etish hamda nasldor yirik shoхli va mayda shoхli mollarni хarid qilish loyihalarini moliyalashtirish uchun – 5 mlrd soʻmgacha;
  • naslli buqalar urugʻini yetishtiradigan va naslli baliq yetishtirish korхonasini tashkil qiladigan tadbirkorlik sub’yektlarining qurilish, asbob-uskunalar va naslli chorva mollari va baliq sotib olish хarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mlrd soʻmgacha.

 

Chorvachilik yoʻnalishlariga davlat qarzi hisobidan jalb qilingan хalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

 

Agar qarz oluvchi kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarmasa, kreditning belgilangan muddatda qaytarilmagan qismi tijorat bankining oʻz mablagʻlari hisobidan tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi va ushbu mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 07.08.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova