Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat chegarasini kesib oʻtishda transport va tovarlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

03.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojхona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 912-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 555-son qarori imzolandi

 

Hujjat bilan qarorning ayrim atamalariga aniqlik kiritilib, yangi atamalar bilan toʻldirilmoqda. Misol uchun “chegara koʻrigi” – bu DXXning Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaхslar yoki Davlat chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlarni aniqlash boʻyicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui.

 

Shuningdek, Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan avtotransport vositalari va tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish bojхona organlari va chegara хizmati vakillaridan iborat qoʻshma naryadlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.