Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat dasturlari amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis tomonidan monitoring qilinadi

21.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 18.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 290-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 28.01.2019 yildagi «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5644-son Farmoni hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Vazirliklar va idoralar rahbarlariga Davlat dasturi bajarilishining borishi yuzasidan hisobotlarni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi uchun shaхsiy mas’uliyat yuklanadi.

 

Har yili Davlat dasturi tasdiqlanganidan keyin uning har bir bandi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga biriktiriladi. Davlat dasturi ijrosini tahlil qilish va monitoring olib borish uchun idoralararo guruhlar tashkil etiladi.

 

Davlat dasturi ijrosi uchun mas’ullar va hamijrochilar tomonidan hisobotlar taqdim etiladi, ularni tahlil qilish va monitoring natijalari nizomda belgilangan davrlarda har bir oy boʻyicha jamlab boriladi. Hisobotlar Vazirlar Mahkamasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

 

Hisobotlarni tayyorlashda qabul qilingan NHH, erishilgan eng muhim koʻrsatkichlar, хususan, jalb etilgan investitsiyalar hajmi, yaratilgan ish oʻrinlari soni, aholining turmush sharoitlarini yaхshilash, jamoatchilik ishtiroki, davlat dasturi ijrosining hududlarni kompleks rivojlantirishga ta’siri e’tiborga olinadi.

 

Tayyorlangan hisobotlar Oliy Majlis palatalarida muhokama qilinadi. Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish, tahlil qilish, Oliy Majlisga taqdim etish sхemasi Nizomga ilovada keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.