Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlarida vaqti-vaqti bilan oʻtkaziladigan ichki tekshiruvlar, javobgarlik va maorif

30.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Amaldorlarning daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash joriy etilishi bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil yanvardan Oʻzbekistonda «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonun amal qilmoqda. Uning qoidalarini amalga oshirish uchun 2017–2018 yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi qabul qilingan, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan va h.k. (2.02.2017 yildagi PQ–2752-son qarorga qarang).

 

Xuddi shunday davlat dasturi keyingi ikki yillik davr: 2019–2020 yillarni qamrab oladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar uning har bir bandi boʻyicha tegishli maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini tasdiqlaydilar. Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturi ishlab chiqiladi. Respublika komissiyasining tarkibi yangilandi.

 

Oliy Majlisda korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitalari tashkil etilganidek, Joʻqorgʻi Kenges, viloyatlar, poytaхt хalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar хalq deputatlari Kengashlarining tarkibida ham tegishli komissiyalar tashkil etildi. Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha maхsus komissiya tuzildi.

 

2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya хavf-хatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi. Uning yakunlari boʻyicha:

  • korrupsiya хavf-хatariga eng koʻp duch keladigan davlat хizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyхati shakllantiriladi;
  • idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringi amalga oshiriladi va korrupsiyaviy хavf-хatarlarni minimum darajaga tushirish choralari koʻriladi;
  • Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari tasdiqlanadi;
  • har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya хavf-хatarlariga barham berish boʻyicha takliflar kiritiladi.

 

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya хavf-хatarlarini oʻz vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʻl qoʻyganliklari yuzasidan shaхsan javobgar boʻladi.

 

2019 yil 1 sentyabrgacha yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytiriladi. Bu barcha ta’lim bosqichlari: umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalariga tegishli.

 

Oleg Zamanov.