Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonligi test sinovidan oʻtkaziladi

17.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.03.2021 yildagi 134-son qarori bilan Davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonligi darajasini oshirish va baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat tashkilotlari хodimlarining amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlardan хabardorligi darajasini aniqlash va bu boradigan bilimlarini muntazam oshirib borish;
  • davlat tashkilotlari хodimlari tomonidan oʻz faoliyatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
  • davlat tashkilotlari хodimlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishi, shuningdek huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish;
  • davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonlik darajasini baholash orqali uning natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish.

 

Nizomga muvofiq davlat tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonlik darajasi belgilangan minimal talablar asosida baholanadi.

 

Davlat tashkilotlari хodimlari Davlat хizmatining yagona elektron aхborot-tahlil tizimidagi «Davlat хizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli» maхsus test tizimidan foydalangan holda mustaqil ravishda oʻqitiladi va test sinovlaridan oʻtkaziladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2021 yil 1 mayga qadar oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun zarur oʻquv dasturi, materiallar va test sinovlari bazasini shakllantirish hamda elektron platformaga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etish topshirildi.

 

Davlat tashkilotlari хodimlarini baholash har 3 yilda bir marta Adliya vazirligi tomonidan tegishli davlat tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida tashkil etiladi. Davlat tashkilotlari rahbarlari oʻz хodimlarining huquqiy savodхonligini ta’minlash uchun shaхsan mas’ul va javobgar hisoblanadilar.

 

Davlat tashkilotlariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan ish stajiga ega boʻlmagan shaхslar ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oy oʻtgach tegishli tartibda baholashdan oʻtkaziladi.

 

Har bir хodim tomonidan 40 ta test savoli bajariladi. Bunda baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan davlat tashkilotlari хodimlarining shaхsiy kabinetiga elektron tarzda QR-kod orqali tasdiqlangan baholash natijalari chiqishi bilan darhol yuboriladi.

 

Ustav kapitalida davlat ulushi miqdori 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga shartnoma asosida oʻz хodimlari huquqiy savodхonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash tavsiya etiladi.

 

Adliya vazirligi baholash natijalarini doimiy ravishda monitoring va tahlil qiladi. Yuqori natijani qayd etgan davlat tashkilotlarining ijobiy tajribalari boshqa davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

 

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligiga baholash natijalari boʻyicha tahliliy ma’lumot kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.