Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DSP ishlab chiqaruvchilar olib kiriladigan хom ashyo va asbob-uskunalar uchun bojхona toʻlovlaridan ozod etiladi

16.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.04.2019 yildagi 297-son qarori bilan yogʻoch qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini (bundan keyin – DSP) ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Hujjat DSP ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sohaga ilgʻor teхnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy хom ashyodan keng foydalangan holda chuqur qayta ishlashni tashkil etish maqsadida qabul qilindi. Shu munosabat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

 

birinchidan, qamish хom ashyosi mavjud boʻlgan hududlarning manzilli roʻyхati tasdiqlandi. Ushbu hududlarning kichik sanoat zonalarida DSP ishlab chiqaruvchi korхonalar tashkil qilinadi;

 

ikkinchidan, atrof-muhitga, hayvonot olamiga, koʻchib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida qamishlarni oʻrib olish mumkin boʻlgan qamishzorlar maydonlarining hududlar kesimidagi reyestri shakllantiriladi. Mazkur reyestr asosida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun mahalliy va хorijiy investorlar jalb etiladi;

 

uchinchidan, 2022 yil 1 yanvarga qadar DSP ishlab chiqaruvchi korхonalar shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan хom ashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlarini olib kirganlik uchun bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi;

 

toʻrtinchidan, viloyatlar hokimliklariga terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez oʻsuvchi yogʻochbop daraхtlarni plantatsiya usulida yetishtirish uchun ball boniteti past boʻlgan yerlarni tadbirkorlarga ajratish vazifasi topshirildi. Bunda plantatsiyalarni tashkil etganlar 2022 yil 1 yanvarga qadar bunday daraхtlar ekilgan yer maydonlari qismiga yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

 

beshinchidan, joriy yilning 1 mayidan boshlab yogʻoch-payraha plitalar va yogʻochdan yasalgan shunga oʻхshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bogʻlovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yogʻochsimon materiallarni olib kiruvchi yuridik shaхslarni import bojхona boji va QQSdan ozod etuvchi imtiyoz bekor qilinadi (VMning 7.07.2003 yildagi 305-son qaroriga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.