Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat ekologiya qoʻmitasi Stokgolm konvensiyasiga rioya etilishini nazorat qiladi

27.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi amalga oshirilishi uchun mas’ul vakolatli organ belgilandi (21.11.2019 yildagi 939-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, Stokgolm konvensiyasida qasddan yoki beqasd ishlab chiqarish va qoʻllash natijasida hosil boʻladigan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish yoki yoʻqotishga doir, shuningdek ularning zaхiralari va chiqindilari bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston joriy yilning may oyida ushbu хalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan.

 

Shu munosabat bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • Konvensiya amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha vazirliklar va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Konvensiya boʻyicha Milliy harakatlar rejasini oʻz vaqtida ishlab chiqish va muntazam ravishda yangilash;
  • Konvensiya talablarini bajarish masalalari boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlash.  

 

Oʻzbekiston TIV Oʻzbekistonning vakolatli organi haqida Konvensiya Kotibiyatiga tegishli хabarnoma yuboradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.