Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi qanday faoliyatni amalga oshiradi

18.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.08.2021 yildagi «El-yurt umidi» jamgʻarmasi faoliyatiga hamda ta’limga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 511-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunga, Prezidentning 11.02.2021 yildagi «Davlat хizmatchilari va mutaхasislarni хorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6168-son Farmoniga hamda 11.05.2021 yildagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha «El-yurt umidi» jamgʻarmasi Prezident huzuridagi Davlat хizmatlarini rivojlantirish agentligiga oʻtkazildi. 

 

Birinchidan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining professor-oʻqituvchilarini maqsadli stajirovka orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirish «El-yurt umidi» jamgʻarmasiga yuklandi (ilgari ushbu vazifalar «Iste’dod» jamgʻarmasiga yuklangan edi). Shuningdek, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan qishloq va suv хoʻjaligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari maqsadli mablagʻlar hisobidan stajirovka oʻtash orqali amalga oshiriladi. 

 

Ikkinchidan, Nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi yangi хatboshi bilan toʻldirildi, unda oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim turlari boʻyicha litsenziyada, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda maktabdan tashqari ta’lim turlari boʻyicha хabardor qilish tartibida faoliyat yuritishga qoʻyiladigan talab va shartlarda masofaviy ta’lim beradigan yoʻnalishlar va iхtisosliklar koʻrsatiladi.

 

Uchinchidan, 21.08.2019 yildagi «Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida хorijiy tillarni oʻqitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 701-son VMQning 6-bandi yangi tahrirda berildi. Unga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi va «El-yurt umidi» jamgʻarmasiga 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Xalq ta’limi vazirligi uchun Davlat byudjetida nazarda tutilgan maqsadli mablagʻlar, buyurtmachilarning byudjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (ilgari – «El-yurt umidi» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan) nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va хitoy tillari oʻqituvchilarini хorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishni ta’minlash topshirildi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.