Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektr energetikani rivojlantirish uchun YeTTBning 81,6 mln yevro miqdorida krediti ajratildi

05.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2021 yildagi “Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 478-son qarori qabul qilindi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki  tomonidan 81,6 mln yevro miqdorida 7 yil muddatga, shu jumladan 30 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 1% plyus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5% stavkasida qarz ajratiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sхemasi;
  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzini "Toshkent IES" AJ,  "Navoiy IES" AJ, "Taхiatosh IES" AJ, “Sirdaryo IES" AJ, "Talimarjon IES" AJ tomonidan qaytarishning prognoz jadvallari.

 

Loyihani amalga oshirish muddati 2 yilni (2021-2022 yillar) tashkil etadi. Belgilanishicha:

  • "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha mas’ul;
  • "Toshkent IES" AJ, "Navoiy IES" AJ, "Taхiatosh IES" AJ, "Sirdaryo IES" AJ, "Talimarjon IES" AJ qarzdan maqsadli hamda samarali foydalanish boʻyicha tashabbuskor mas’ul ijrochilar - qarz oluvchilar hisoblanadi;
  • asosiy qarzni qaytarish, foizlar, bir martalik komissiya va boshqa хarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar IESning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.