Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2203, 2011 yil 3 mart) oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Yer soligʻining eng kam miqdori faqat Toshkent shahri uchun
Yer soligʻining eng kam miqdori faqat Toshkent shahri uchun
14.02.2017

Mazkur Nizom shunday tartibni koʻzda tutadiki, unga koʻra YaST toʻlovchilari byudjetga mazkur soliqni egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.
Ilgari YaST eng kam miqdorini aniqlashda mazkur joy va yer toifasi uchun oʻrnatilgan eng kam stavka hisobga olinar edi.
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qarori (roʻyхat raqami AV-2203–5, 2017 yil 6 fevral) bilan mazkur Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi, Ularga koʻra YaST eng kam miqdorini aniqlash uchun yer soligʻining eng kam stavkasi faqat Toshkent shahrida joylashgan yer maydonlariga nisbatan qoʻllaniladi (5 zona uchun – 22 813 125 soʻm oʻrnatilgan).
Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan yer maydonlariga oʻsha joy va yer toifasi uchun belgilangan yer soligʻi stavkasi qoʻllaniladi.
Mazkur oʻzgartirishlar rasman e’lon qilingunga qadar mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YaST toʻlovchilari DSX organlariga belgilangan shakl boʻyicha Yagona soliq toʻlovi eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishgan (03.03.2011 yildagi 2203-son Nizomga 2-ilova), chunki uni taqdim etish muddati 1 fevralgacha.
Yer soligʻi stavkasi oʻzgargan soliq toʻlovchilar DSX organlariga kiritilgan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda aniqlashtirilgan YaST eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishlari zarur.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Asosiy soliqlar boʻyicha stavkalar saqlab qolindi
Qanday imtiyozlar oʻrnatildi va uzaytirildi
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 11 noyabr№ 45
- Bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibi oʻzgardi
- MHXSga oʻtish kim uchun va qachon majburiy
- Hisobga olishdagi хatolar: ishlab chiqarishda foydalanilayotgan buyumlarning ombordagi hisobi
- Uy-joy sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash
- Kompaniya qoʻshib olindi: uning qarzlari va soliqlar boʻyicha ortiqcha toʻlovlar nima qilinadi
2025, 11 noyabr№ 45
- Strategik rejalashtirishning yagona tizimi joriy etilmoqda
- Nogironligi boʻlgan хodimga ta’til boʻyicha imtiyozlar
- «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak
- Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari
- «Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»


