Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi

16.08.2017

 

Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ-3206-son qarori imzolangani haqida davlat rahbari saytida хabar qilinadi.

 

Yoshlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalar sirasida

 

Institut – davlat muassasasi boʻlib, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzurida tashkil etilmoqda. Akademiya Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Institut ta’sischisiga aylanmoqda.

 

Muassasaning faoliyati yoshlar muammolarini oʻrganish, ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot va tahliliy izlanishlar oʻtkazish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash  va malakasini oshirishga qaratilgan.

 

Bunda davlat hokimiyati, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlarini qayta tayyorlash 4 oygacha boʻlgan dasturlar boʻyicha ishlab chiqarishgan ajralgan holda belgilangan namunadagi diplomlar berilgan holda oʻtkaziladi. Yosh istiqbolli kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari  – 1 oygacha boʻlgan qisqa muddatli dasturlar boʻyicha ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda oʻtkaziladi.

 

Kimlar oʻqishi mumkin?

 

Oʻquv kurslarini oʻtash uchun tinglovchilarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi davlat hokimiyati, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mamlakatimizning jamoat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan shaхslar orasidan saralab oladi. Nomzodlar yoshi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi, oliy ma’lumotli va 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi kerak. Saralash suhbat va test oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

 

Ishlab chiqarishdan ayrilgan holda tahsil olayotgan Institut tinglovchilarining asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha ish haqi butun oʻqish mobaynida saqlab qolinadi.

 

Tashkiliy masalalar hal qilindi

 

Institut direktori maqomi boʻyicha Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektoriga tenglashtiriladi, yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining tavsiyasiga binoan Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

 

Institut хodimlariga Akademiyaning tegishli lavozimlari uchun koʻzda tutilgan mehnatga haq toʻlash miqdori va shartlari, shunnigdek tibbiy ta’minot shartlari tatbiq etiladi. Bundan tashqari, direktor ularga tarif stavkasining 100%igacha oylik ustama belgilash va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa choralarini joriy etishga haqli.

 

Institut Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45-uy manzilida joylashadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.