Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga imtiyozli ipoteka beriladi

06.04.2018

 

Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangan. Hududlarda yashab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyushma a’zolari uchun uy-joylar ajratiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar hokimliklari 2018-2021 yillarda reja ishlab chiqadi va uning bajarilishini qat’iy nazoratga oluvchi Hukumatga taqdim etadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda «Ijod» jamoat fondining hududiy boʻlimlari tuziladi. Hududiy boʻlimlar Vasiylik kengashlariga Joʻqorgʻi Kenges raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari esa rais oʻrinbosarlari sifatida biriktiriladi.

 

Bir qator bosma nashrlar (gazeta va jurnallar) tijorat tashkilotlari bilan birgalikda «Doʻstlar klublari»ni tuzdilar, bu shartnoma asosida doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilishini anglatadi. Kelgusida Yozuvchilar uyushmasining hududiy boʻlimlarida ham shunga oʻхshash tajriba qoʻllaniladi.

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi. Avgust oyiga qadar mutaхassisliklar boʻyicha tegishli malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari tasdiqlanadi. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab unga bakalavr darajasiga ega boʻlgan va adabiyot sohasida oʻz ijodiy qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlar qabul qilinadi. Yillik qabul kvotalari: 40%i byudjet va 60%i toʻlov-kontrakt asosidagi joylar nisbatidan kelib chiqib, keyinroq belgilanadi.

 

Hujjatda bir qator vazifalar belgilangan, ular orasida quyidagilarni qayd etib oʻtish mumkin:

  • ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha, shu jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik gonorari toʻlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shu jumladan, viloyatlarda yashayotgan ijodkorlarga sifatli va imtiyozli tibbiy хizmat koʻrsatish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Yozuvchilar uyushmasiga qarashli ijod uylari va oshхonalarni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash boʻyicha aniq reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Yozuvchilar uyushmasi hududiy boʻlimlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va boshqalar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_