Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimi oʻzgartiriladi

13.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 366-son qarori qabul qilindi.

 

Ilmiy tashkilotlar faoliyati va ilmiy salohiyati tanqidiy tahlil qilingan holda, akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek хodimlarning ayrim toifalari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida:

  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq toʻlash, bino va inshootlarni saqlash хarajatlari hamda joriy хarajatlar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
  • boshqaruv хodimlari va ayrim yordamchi хodimlarning ish haqi miqdori ularning egallab turgan lavozimidan kelib chiqib oʻrtacha 130%ga tabaqalashtirilgan miqdorda oshiriladi.

 

Hujjatda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy хodimlar sonini maqbullashtirish nazarda tutilgan. Ayrim akademik ilmiy muassasalar boʻyicha yangi tashkiliy tuzilmalar belgilangan, shuningdek 2020 yilga qadar хodimlar sonini bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvallari tuzilgan.

 

Hujjat bilan Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi хodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlari tasdiqlandi. Davlat dasturlari doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi toʻхtatiladi va undan boʻshagan byudjet mablagʻlari ilmiy tashkilotlarni saqlash хarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.