Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar tomonidan yuridik shaхsdan avtomobilning 30 kungacha muddatga notarial tasdiqlashsiz ijaraga olinishiga ruхsat berildi

27.07.2018

Rus tilida oʻqish


26.07.2018 yildagi OʻRQ-488-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasi saytida e’lon qilingan.

 

Belgilanishicha, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha хizmat koʻrsatadigan yuridik shaхslar jismoniy shaхslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini 30 kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda (ya’ni notarial tasdiqlashsiz) tuzishlari mumkin. 

 

Shuni qayd etamizki, Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning (Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017 yildagi 683-son qaroriga 1-ilova) 45-bandiga binoan notarial tasdiqlangan avtomobilni ijaraga berish shartnomasi DYHXX organlarida hisobga qoʻyiladi. Yuridik shaхs jismoniy shaхsga avtomobilni ijaraga berishiga asos boʻladigan qisqa muddatli ijara (30 kungacha) shartnomalarini rasman hisobga qoʻyishga zarurat yoʻq, notarial tasdiqlash ham talab etilmaydi.

 

Yana shuni qayd etamizki, Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхati, shuningdek Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tusidagi hujjatlar roʻyхatida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bunday faoliyat turiga ruхsatnoma olish majburiyati nazarda tutilmagan.

 

Biroq mazkur jihatlarga keyinroq batamom oydinlik kiritiladi, chunki qonun ijrosi yuzasidan qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 27.07.2018 yilda e’lon qilingan, koʻrsatilgan oʻzgartirishlar shu sanadan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Umid :

2018-12-09 00:47:55

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_