Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Favqulodda vaziyatlar boʻyicha volontyor-qutqaruvchilar guruhlari tashkil etiladi

22.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.04.2026 yildagi 181-son qarori bilan Volontyorlar va koʻngilli qutqaruvchilarni «Favqulodda vaziyatlar volontyori» jamoatchilik guruhlariga jalb etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Jamoatchilik guruhlariga faqat 18 yoshdan oshgan Oʻzbekiston fuqarolari jalb etiladi.

 

Guruhga a’zo boʻlish istagida boʻlgan shaхslar Volontyorlar elektron platformasi (volontyor.uz) orqali roʻyхatdan oʻtgandan soʻng, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga ariza bilan murojaat qiladilar.

 

Jamoatchilik guruhlari a’zolariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • FVV Akademiyasi bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga oʻqishga kirishda toʻplangan ballarning 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball berish (FVV tavsiyanomasi boʻyicha);
  • hududiy qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi lavozimiga ishga qabul qilishda ustuvorlik berish («mahalla yettiligi» tavsiyanomasi boʻyicha).

 

Akademiyaga oʻqishga kirish uchun qoʻshimcha ball olishga doir tavsiyanoma FVV tomonidan tashkil etiladigan tanlov gʻoliblariga beriladi, unda 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan volontyorlar ishtirok etishlari mumkin.

 

Volontyorlar faoliyati tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida quyidagi mezonlar asosida toʻplangan ballar orqali baholanadi:

  • «mahallabay» tamoyili asosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirgan ishlari;
  • favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlaridagi ishtiroki;
  • favqulodda vaziyatlar zonasida aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, evakuatsiya tadbirlarida ishtirok etish va boshqalar.

 

Baholash natijalariga koʻra tavsiyanomalar jami 14 nafar volontyorga (har bir hududdan bir nafardan) beriladi. Tavsiyanoma bir oʻquv yili davomida kuchga ega boʻladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova