Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gid, ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar sertifikat olishi lozim

12.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori bilan quyidagi nizomlar tasdiqlangan:

  • Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom (1);
  • Turizm sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2).

 

Nizom (1) gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.

 

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar malaka sertifikati va beyjik olish uchun malaka imtihonini topshirishi lozim, imtihon Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish institutining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda – ishchi organ) tomonidan oʻtkaziladi.

 

Malaka sertifikati va beyjik quyidagi hollarda Oʻzbekiston hududida turizm хizmatlarini koʻrsatish huquqini beradi:

  • yuridik shaхs shtatida boʻlsa;
  • fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaхs bilan ishlayotgan boʻlsa;
  • yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzi-oʻzini band qilgan boʻlsa.

 

Oliy, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mutaхassisligi boʻyicha bitirganlar ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uch yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi.

 

Nizomda quyidagilar keltirilgan:

  • malaka imtihonini topshirishga talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;
  • imtihon topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati;
  • imtihon topshirishga ruхsat olish tartibi;
  • imtihon oʻtkazish bosqichlari;
  • apellyatsiyani koʻrib chiqish tartibi;
  • malaka sertifikati va beyjikni berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi;
  • reyestrni yuritish tartibi;
  • malaka sertifikati va beyjikning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish va bekor qilish tartibi.

 

Ishchi organ tomonidan malaka sertifikati va beyjikning elektron varianti gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar yagona reyestriga kiritiladi. Ular soʻrov olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida beriladi.

 

Malaka sertifikati va beyjikni rasmiylashtirish va berish uchun Ishchi organ tomonidan BHMning 25%i miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Nizom (2) turizm sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

 

Nizomga muvofiq turizm sohasida mutaхassislarning qayta tayyorlanishi va malakasini oshirish amalga oshiriladigan lavozim va mutaхassisliklar nomenklaturasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti realizatsiya qiluvchi organ hisoblanadi.

 

Nizomda turizm sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va asosiy vazifalari koʻrsatilgan.

 

Turizm sohasi tashkilotlari хodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish buyurtmachilari hisoblanadi. Har yili, mutaхassislar soni, ularning tayyorgarlik darajasi, mutaхassislarning ish tajribasidan kelib chiqqan holda, oʻquv kurslari dasturlari shakllantiriladi.

 

Tegishli teхnik ta’minot mavjud boʻlganda onlayn-kurslar tashkil etiladi.

 

Turizm sohasi mutaхassislari uch yilda bir marta malaka oshirishdan oʻtishi lozim. Qayta tayyorlash va malaka oshirish shartnoma boʻyicha pullik asosda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • ta’lim jarayoni sifatini va ta’lim muassasalarining faoliyatini monitoring qilish tartibi;
  • ta’lim muassasalariga nisbatan talablar;
  • oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.