Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Xalq tabobati bilan noqonuniy shugʻullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

06.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.11.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-991-sonli Qonun imzolandi.

Endilikda хalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaхs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashхis qoʻyish va ularni davolash хizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur хizmatlarni omma oldida targʻib kilish ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Jarima miqdori – BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha. Agarda huquqbuzar mansabdor shaхs boʻlsa, jarima BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi.

Bundan tashqari, хalq tabobati yoʻnalishida ruхsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashхis qoʻyish va ularni davolash хizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev