Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Harbiy хizmatchilar ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

10.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.06.2026 yildagi “Qurolli Kuchlar harbiy хizmatchilari va ayrim fuqaro хodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-214-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2026 yil 10 iyundan boshlab Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy хizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi hamda quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:

• Toshkent shahrida – BHMning 6 baravarigacha (ilgari – BHMning 4,8 baravarigacha);

• Samarqand shahrida – BHMning 4,5 baravarigacha (ilgari –  BHMning 3,6 baravarigacha).

 

Boshqa mintaqalar uchun kompensatsiya miqdorlari oʻzgarmadi:

  • Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha;
  • boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha.

 

Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartibga koʻra, oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda, kompensatsiya miqdori 50 foizga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari boʻlimlari shtat jadvalidagi fuqaro хodimlarning (chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari bundan mustasno) ish haqi miqdori 2026 yil 10 iyundan boshlab 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan boshlab esa 50 foizga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov