Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Havo kemasi ekipaji a’zolari qoidabuzar yoʻlovchilarga nisbatan dalolatnoma tuzadi

25.09.2017


Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2416-2, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Belgilanishicha, yoʻlovchi tomonidan havo kemasi (HK) ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji a’zolari tomonidan bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi (hujjatda keltirilgan shaklda) hamda uni tuzgan HK ekipaji a’zolari, qoidabuzar yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. Agar qoidabuzar yoʻlovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, unga bu haqda yozib qoʻyiladi. Qoidabuzar yoʻlovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirishlarini berishga, shuningdek unga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli.

 

2017 yil 18 sentyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.