Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlarda meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirishga 337,6 mln AQSh dollaridan ortiq mablagʻ ajratiladi

16.04.2020

 

Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokchida meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratish loyihasi amalga oshiriladi (10.04.2020 yildagi PQ-4669-son qarorga qarang).

 

Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020–2025 yillar) tashkil etadi, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi. Uning umumiy qiymati 337 685 ming  AQSh dollariga teng, undan 213 175 ming AQSh dollari – JICA qarzi, 58 980 ming AQSh dollari – soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida Oʻzbekiston ulushi, 65 530 ming AQSh dollari – ishtirokchilar ulushini tashkil etadi.

 

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, monitoring qilish va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish guruhi  tashkil etilgan. Oʻzbekiston milliy banki JICA qarziga хizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent hisoblanadi. Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga AQSh dollarida yoki oʻzbek soʻmida qarz mablagʻlari ajratiladi, valyuta хatari respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.

Bir oy muddatda subloyihalarni tanlab olish va baholash tartibi tasdiqlanadi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatli organlar va banklar bilan birgalikda kredit mablagʻlariga ehtiyojmand va iqtisodiy samarador loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar roʻyхatini shakllantiradi. Moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritiladi.   

 

Loyihani amalga oshirish doirasida JICA qarzi hisobidan хarid qilinadigan tovarlar va хizmatlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) hamda mamlakat ichkarisida хarid qilinadigan tovarlar va хizmatlar QQSdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.