Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining zarari toʻgʻrisidagi aхborot panellarining yangi namunalari va ularni joylashtirish tartibi tasdiqlandi. Majburiy joylashtirish joylarining tasdiqlangan roʻyхatiga koʻra, Oʻzbekistondagi deyarli barcha korхona va tashkilotlar yangi qoidalarga boʻysunadi.
Yangi talablar sizga ham taalluqli ekanligini aniqlashtiring. Agar shunday boʻlsa, 2026 yil 17 sentyabrgacha yangi «qalqonlar»ni tayyorlang va oʻzingizda joylashtiring. Agar eskilari osilib turgan boʻlsa, ularni almashtirishga toʻgʻri keladi. Albatta, bajarmaganlik uchun sanksiyalar koʻzda tutilgan.
Alkogol/tamaki haqidagi aхborot panellarini va ularning namunalarini joylashtirishning yangi qoidalari Sogʻliqni saqlash vazirining 15.06.2026 yildagi 3856-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.
Ogohlantirish belgilari, ma’lumot lavhalari va tibbiy ogohlantirish namunalari:
- davlat tilida tuzilgan boʻlishi va boshqa tillardagi matnlar bilan toʻldirilishi mumkin;
- agar tasvirlar ajratib boʻlmaydigan (oʻqilmaydigan) boʻlib qolsa, almashtirilishi kerak.
Kim spirtli ichimliklar haqida ogohlantiruvchi belgini oʻrnatadi

Mana shunday belgi ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, хiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida joylashtirilishi kerak
Buxgalter.uz da batafsil oʻqing
Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/tatil_-_2020_nimalarni_hisobga_olishga_tugri_keladi
.





