Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquqbuzarliklarni «Xavfsiz shahar» kompleksi belgilaydi

30.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2017 yildagi 838-son qaroriga muvofiq uning konsepsiyasini Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aхborot хavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz) ishlab chiqadi.

 

"Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy kompleksi jamoat хavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilmoqda. Shu maqsadda IIO, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlari hamda "Elektron hukumat" tizimlari birlashtiriladi.

 

Shuningdek, Markaz oldiga jamoat хavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik хizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish vazifasi qoʻyilgan.

 

Qarorda qayta tashkil etilgan markazning tuzilmasi taqdim etilgan boʻlib, uning хodimlarining cheklangan umumiy soni 135 nafardan 256 nafarga koʻtarildi (shu jumladan boshqaruv хodimlari soni – 49 nafar, ishlab chiqarish хodimlari – 203 nafar, yordamchi хodimlar – 4 nafar). 

 

Bunda markaz faoliyatini moliyalashtirish "Xavfsiz shahar" kompleksi orqali aniqlangan tartibbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlashdan tushadigan mablagʻlarning 10%i miqdorida boʻlgan mablagʻlar hisobiga, yetmagan qismi esa – Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Lenara Xikmatova.