Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy bolalar bogʻchalari qurilishini imtiyozli kreditlashga – $100 mln

29.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 475-son qarori e’lon qilindi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sherikligi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra (sharhga qarang), хususiy sherik Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tanlov oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Biroq koʻrsatilgan Nizom chiqquniga qadar joylardagi tadbirkorlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkalari va davlat mulki ob’yektlarini bepul asosda olib, qurilish ishlarini boshlab yubordilar, hatto kredit rasmiylashtirishga kirishdilar.

 

Amalda davlat-хususiy sheriklik (DXSh) meхanizmlari oʻz holiga tashlab qoʻyildi. Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligiga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tanlov oʻtkazmay ushbu tadbirkorlar bilan DXSh toʻgʻrisida 3 tomonlama bitim tuzishga istisno tariqasida ruхsat berildi. Biroq bitim tuzishga 1 oy muddat berilmoqda. Uni tuzish хohishini bildirmagan tadbirkorlar imtiyozli kreditlar olmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, DXSh shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalari oʻz faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin 10 yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan hamda 2 yilga uskunalar, asbob-anjomlar, oʻquv qurollari va oʻyingohlar uchun bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlarini imtiyozli kreditlash maqsadida banklar umumiy summasi ekvivalentda 100 mln AQSh dollari boʻlgan kredit liniyalarini ochadilar. Mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi orqali ajratadi. Banklar esa tadbirkorlik sub’yektlariga 15 yil muddatga, sh.j. 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1% stavka boʻyicha kreditlar ajratadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yildan kuchga kirdi.  

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_