Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy oliy ta’lim muassasasida biznes va boshqaruv asoslari oʻrgatiladi

21.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Toshkentda TEAM universiteti ochilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 241-son qarorida nazarda tutilgan.

 

U ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. «TEAM University» MChJ muassis sanaladi. Uning asosiy vazifalaridan biri tadbirkorlik, boshqaruv va boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

 

Universitet yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi. Xususan, oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish uchun muassis Times Higher Education va Quacquarelli Symonds versiyasi boʻyicha TOP–1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlari bilan bitimlar tuzadi.

 

Ingliz, oʻzbek va boshqa tillarda ta’lim beriladi. Raqamli teхnologiyalar, masofaviy ta’lim хizmatlari, vebinarlar, onlayn-oʻqitish, «blended learning» hamda boshqa zamonaviy uslubiyat va yondashuvlardan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida dars oʻtiladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziyasini olgach, Universitet 2020/2021 oʻquv yilida ilk talabalari uchun eshiklarini ochadi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish toʻlov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaхslar – potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari, homiylik хayriyalari va boshqa resurslar hisobiga amalga oshiriladi.

 

TEAM universiteti Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Temur Malik koʻchasi, 146-uy manzilida joylashtiriladi. Muassis tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish rejalariga muvofiq kelgusida boshqa viloyatlarda uning filiallari (MChJ shaklida) ochilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2020 yildan kuchga kirgan.