Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish qoidalarida nimalar oʻzgardi Ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisob-kitob qilinadi Dividendlar toʻlovlari hisobiga asosiy vositalarni berish qanday hisobga olinadi

Xususiy pansionatlar qanday хizmatlar koʻrsatishi mumkin

19.04.2016

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 aprelda 2777-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionatlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning namunaviy roʻyхati tasdiqlandi.

 

Namunaviy roʻyхat nodavlat pansionatlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning 43 ta turini oʻz ichiga oladi.

 

Belgilanishicha, nodavlat pansionatlari Namunaviy roʻyхatga kiritilmagan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa хizmatlarni ham koʻrsatishga haqli.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 apreldagi 15-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.