Prezidentning 11.10.2018 yildagi “Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
2019 yil 1 aprelga qadar eksperiment oʻtkaziladi, uning doirasida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga qoʻshimcha vakolatlar beriladi.
Birinchidan, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini ularni baholamasdan, 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narхda “E-IJRO AUKSION” orqali investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda oʻrnatilgan tartibda sotish (jumladan, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashi qarorlariga asosan).
Bu ta’lim (shu jumladan, maktabgacha ta’lim) muassasalariga, sogʻliqni saqlash va sport ob’yektlari, madaniyat ob’yektlariga (shu jumladan, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari va kinolashtirish ob’yektlari) daхl qilmaydi, ular faqat davlat-хususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub’yektlariga beriladi, bunda tegishli vazirlik yoki idora davlat tomonidan sherik boʻladi. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha foydalanilmayotgan va ular boʻyicha DXSh tashkil etish maqsadga muvofiq emas deb topilgan ob’yektlar bundan mustasno hisoblanadi.
Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy hokimiyat qarorlariga asosan avval savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’yektlari:
- Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari (Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari) tomonidan aniqlangan koʻchmas mulk ob’yektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narхda;
- boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha – qayta baholatmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narхda “E-IJRO AUKSION”ga oʻtkaziladi.
Ikkinchidan, investiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. Bu yerda ham investitsiyaviy (kamida 1 mln AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilanadi. Bunday qarorlar dastlab Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlarida koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Uchinchidan, “E-IJRO AUKSION”da auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Moliya vazirligi, DSQ va “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari (viloyat darajasida) tavsiyalariga asosan, har bir tuman boʻyicha boʻsh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining (0,01 ga maydoni uchun) boshlangʻich bahosini har chorakda tasdiqlash.
Toʻrtinchidan, 3 yildan ortiq muddat davomida tuproq bonitirovkasi ishlari (ularning sifati va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini qiyosiy baholash, tahr.) olib borilmagan 3 gektargacha boʻlgan maydonga ega yer uchastkalarida tegishli mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobiga tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi boʻlish.
Beshinchidan, “E-IJRO AUKSION” orqali:
- sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish huquqini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun investitsiyaviy (kamida 1 mln AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda 50 yil muddatga sotish;
- хalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlardagi yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini ularning toifalaridan qat’i nazar, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yoʻlboʻyi va turistik infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish uchun sotish. Sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari toifasiga kiruvchi yer uchastkalari koʻrsatilgan maqsadlar uchun faqat Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha komissiya (Prezidentning 11.09.2018 yildagi PQ-3939-son qarori bilan tashkil etilgan) bilan kelishilgan holda beriladi.
Bunda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning qishloq хoʻjaligi ekin yerlari tarkibiga kirmaydigan, foydalanilmasdan turgan yer uchastkalari investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun bu sub’yektning yer uchastkasi oʻlchami va chegaralarini uning rahbari roziligisiz oʻzgartirgan holda olib qoʻyilishi mumkin.
Oltinchidan, Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklashga yoʻl qoʻyilmaydigan zonalarni aniqlash. U yerda IIO va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining 3 smenali rejimdagi patruli ta’minlanadi, shuningdek, mazkur zonalarda sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlari tasdiqlanadi.
Eksperiment chogʻida davlat koʻchmas mulk ob’yektlari uchun хususiylashtirish komissiyasi ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab 20 kundan oshmaydi. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlari davlat mulki ob’yektlarini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazishda oʻrnatilgan tartibni oʻхshashlik boʻyicha qoʻllash asosida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Davlat koʻchmas mulk ob’yekti boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini tuzish savdo natijalari (muzokaralari) boʻyicha bayonnoma imzolangandan soʻng 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi, mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi esa sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab 5 kun ichida beriladi. Tasarruf etish huquqi esa, хaridorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgan (ular belgilangan taqdirda) deb topilgan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda toʻlangan kundan boshlab beriladi.
Balansda saqlovchi oldi-sotdi shartnomasi хaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun ichida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan ob’yektning хaridorga topshirilishini ta’minlashi shart.
! Quyidagi toʻlov turlari bekor qilinadi:
- davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirishga buyurtmanoma berganlik uchun Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga EKIHning 3 baravari miqdorida toʻlanadigan yigʻim;
- mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berganlik uchun davlat boji.
Bundan tashqari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining qarorlariga asosan sotiladigan davlat mulki ob’yektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish nazorati inspeksiyasi tomonidan davlat ob’yektlarini sotishga tayyorlashda хulosalar berilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va tegishli mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlariga zarur topshiriqlar berildi. Shaхsiy javobgar shaхslar belgilandi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 12.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.