Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

09.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.11.2020 yildagi «Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 685-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-6012-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom;
  • «Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari.

 

«Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni 10 dekabrda Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar taqdirlanadi.

 

Mukofotlash Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

 

Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, shuningdek taqdirlash marosimini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.