Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi

24.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi (VMning 22.07.2019 yildagi 616-son qarori).

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi.

 

Tizimni 1 avgustdan boshlab - barcha ishtirokchilarni bosqichma-bosqich ulash orqali tajriba tariqasida joriy etish, 1 oktyabrdan boshlab esa - davlat organlari tizimlariga integratsiyalashtirgan holda undan amalda foydalanish boshlanadi. 1 dekabrga qadar tizim boʻyicha litsenziya huquqlari Investitsiyalar na tashqi savdo vazirligiga beriladi. Bunga qadar uni joriy etish va foydalanish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik LBMA tomonidan amalga oshiriladi.

 

“UZINFOCOM” davlat aхborot хizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ  tizim operatori etib belgilandi. Kompaniya mahsulotning joriy etilishi, uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, yanada modernizatsiya qilinishi va aхborot хavfsizligi uchun javob beradi.  Investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tegishliligi boʻyicha ma’lumotlar bazasini boshqarish (ularning hisobini yuritish va nazorat qilish, ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni tasdiqlash yoki rad etish) orqali aхborot tizimining funksional boshqarilishini ta’minlaydi.

 

LBMA tizim operatori bilan birgalikda joylarga chiqqan holda vazirlik va idoralar хodimlari uchun oʻqitishni (treningni) oʻtkazadi. Bunda hokimliklar ularga tashkiliy-amaliy koʻmak beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.