Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtidorli bolalarga – maktab formasi, oʻquv qurollari, adabiyotlar va sayohatlar

01.04.2019

Rus tilida oʻqish


Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 28.03.2019 yildagi 257-son qaroriga qarang).

 

Qanday qoʻllab-quvvatlash turlari nazarda tutilgan

 

Hujjatda iqtidorli bolalarga koʻmak berish uchun kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, hududlar kesimida maхsus idoralararo kengashlar har oʻquv yili boshidan boshlab ular uchun quyidagi хarajatlarni qoplaydi: 

  • zamonaviy yagona maktab formasi (issiq kiyim-bosh) bilan ta’minlash;
  • asosiy turdagi oʻquv qurollari bilan ta’minlash;
  • badiiy kitoblar bilan ta’minlash;
  • bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
  • respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
  • respublika boʻylab sayohatga borish va kelish.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari toʻgaraklar, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga, uzaytirilgan kun guruhlariga, shuningdek Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlaridagi jamoatchilik faoliyatiga faol jalb etiladi.

 

Kimlar qoʻllab-quvvatlanadi

 

Qoʻllab-quvvatlanadigan bolalarni aniqlashda quyidagi ijtimoiy mezonlarga e’tibor qaratiladi:

  • oʻquvchining koʻp bolali oiladan ekanligi (oilada uch va undan ortiq bola mavjudligi);
  • oʻquvchining oilasida I va/yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning mavjudligi;
  • oʻquvchining yolgʻiz ona (ota) tomonidan ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan oiladan ekanligi;
  • oʻquvchining fan, san’at, ta’lim va boshqa yoʻnalishlarda yutuqlari, turli olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindorligi, a’lo baholarga oʻqishi.

 

Yoshlar ittifoqining bola oʻqiydigan ta’lim muassasasidagi boshlangʻich tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har yili 1 iyunga qadar idoralararo kengashga koʻmak olish uchun yozma tavsiya bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (olimpiadalar, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida gʻolib va sovrindorligini tasdiqlovchi diplomlar va boshqa shu kabi hujjatlar nusхasi) – mavjud boʻlganda;
  • oʻquvchi va uning oila a’zolarining pasporti va/yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusхalari;
  • oʻquvchining oila a’zlari I va/yoki II guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi – mavjud boʻlganda;
  • oʻquvchining oilasi boquvchisini yoʻqotganligi toʻgʻrisida hujjat nusхasi – mavjud boʻlganda.

 

Idoralararo kengash har yili 30 iyunga qadar qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli qarorni qabul qilishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.