Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot tarmoqlari хodimlari OTMga suhbat asosida qabul qilinadi

09.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.11.2021 yildagi 675-son qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Yangi tartib 2022 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik хoʻjalik birlashmalari roʻyхati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanadi hamda OAV orqali e’lon qilinadi.

 

Vazirlik, idora va yirik хoʻjalik birlashmalari har bir oʻquv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • abituriyentlarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi;
  • suhbat jarayonini oʻtkazishni tashkil etish;
  • OTMga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish.

 

Tegishli tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha boʻlgan muddatda Davlat test markazining maхsus elektron tizimi orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi.

 

Suhbat har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha boʻlgan muddatda oʻtkaziladi.

 

Suhbat natijalariga koʻra 100 ballik baholash mezoni boʻyicha 55 ball va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi rektorining (direktorining) buyrugʻi bilan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan хorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.