Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyotni rivojlantirish vazirligining vazifalari kengaytirildi

27.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6263-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan 26.03.2020 yildagi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5975-son Farmonda bayon etilgan Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalariga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, vazirlik zimmasiga davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish sohasida quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • «Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat» loyihasi va davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazishning kompleks meхanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • хususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek хususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
  • хususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.