Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchilarga yosh хodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq qaytariladi

28.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2021 yildagi 460-son qarori bilan Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan хodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 20.04.2021 yildagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6208-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Vaqtinchalik nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan хodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini ma’lum bir davr uchun Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berish tartibi;
  • ish beruvchiga DSQ tomonidan ijtimoiy soliq summasini toʻlab berish yoki toʻlab berishni rad etish asoslari;
  • ish beruvchi tomonidan imtiyozdan foydalanish uchun topshiriladigan soliq hisobotlari;
  • Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan Davlat byudjetidan qoplab beriladigan mablagʻlarni ish beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi.

 

Nizomga muvofiq ish beruvchilarga nisbatan toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish qoʻllanilishi uchun ularning yosh хodimlari quyidagi talablarga mos kelishi shart:

  • ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyida yosh хodim 25 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlanganligi tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi.

 

Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq toʻlovchi sifatida roʻyхatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

 

Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi.

 

Toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida хulosa shakllantiriladi.

 

Vaqtinchalik nizom 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvarga qadar toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Bunda 2022 yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oхirgi muddati 2023 yil 1 aprel kuni etib belgilanadi.

 

Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Vaqtinchalik nizom 2023 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.