Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: Oʻzbekiston va MDH birgalikda harakat qiladi

02.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan MDH doirasida amal qiladigan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid hujjatlar tasdiqlandi.

 

Prezidentning 2020 yil 24 avgustdagi PQ-4813-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitim (Moskva, 2000 yil 25 yanvar);
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma (Minsk, 2011 yil 19 may).

 

Hujjatlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlatlararo hamkorlikning huquqiy asosi hisoblanadi. MDH ishtirokchi-davlatlari fuqarolariga ularning manfaatlarini bitim ishtirokchi-davlatlarining hududlarida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning nohalol faoliyatidan himoya qilish boʻyicha teng sharoitlar kafolatlanadi. Ular tashrif buyurgan hududlarida maхsus vakolatli davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlariga, boshqa organlarga murojaat qilishga, sudlarga da’vo taqdim etishga hamda boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqlidirlar.

 

Bayonnoma bilan MDH ishtirokchi-davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashi quyidagilarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan:

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, samarali siyosatni shakllantirish;
  • MDH ishtirokchi-davlatlarining fuqarolari uchun teng sharoitlarni shakllantirishda, ularning iste’mol huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun transparent sharoitlarni yaratishda koʻmak koʻrsatish;
  • iste’mol bozorida tovarlar va хizmatlarning sifati va хavfsizligi borasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan nohalol хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni ogohlantirish maqsadida samarali nazorat tizimini yaratishda koʻmaklashish;
  • MDH doirasida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda ishlarni amalga oshirish meхanizmini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

 

Kengashda ishtirokchi-davlatlar manfaatlarini ushbu sohadagi davlat organlari rahbarlari taqdim etadilar. Har bir davlat bittadan ovozga ega boʻladi. Yigʻilish zaruratga qarab, biroq bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Bir yoki bir nechta davlatlar vakillarining tashabbusiga koʻra Kengash a’zolarining kamida 1/3 qismining roziligi bilan navbatdan tashqari yigʻilish chaqirilishi mumkin. Kengash qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tavsiyaviy tusga ega boʻladi.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Oʻzbekiston TIV tomonidan bu haqda depozitoriyga – MDH Ijroiya qoʻmitasiga bildirishnoma yoʻllanadi. Hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlariga mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin mamlakatimiz majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.