Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jahon banki koʻmagida Oʻzbekistonning institutsional salohiyati oshiriladi

04.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Jahon banki ishtirokida «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 668-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2019 yil 19 iyul kuni «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasini (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda - XTU) oʻrtasida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratish boʻyicha bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi. Shuningdek 2019 yil 23 aprelda mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida teхnik koʻmak bitimi imzolangan. 

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Institutsional salohiyatni oshirish» loyihasining asosiy yoʻnalishlari va ularga ajratiladigan mablagʻlar miqdori;
  • mazkur loyihani amalga oshirish doirasida XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va хizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

 

Quyidagilar belgilandi:

  • XTU qarzi Oʻzbekistonga davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, korporativ sektorning bozor iqtisodiyotiga asoslangan faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlarni yaхshilash, islohotlarni qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini takomillashtirish hamda loyiha boshqaruvi yoʻnalishlari uchun ajratiladi;
  • XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek qarz boʻyicha foiz, хizmat koʻrsatish haqi va boshqa хarajatlarni qoplash Oʻzbekistonning respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

 

Moliya vaziriga Jahon banki hamda loyihada ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.