Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoat transportida videoregistrator majburiy oʻrnatilishi mumkin, qoidabuzarlik qayd etilgan yozuv uchun jarimaning 5%ini toʻlaydilar

19.07.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirildi.

 

 Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatimizda videoregistratorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 2017 yilda yakunlandi. 2018 yildan esa ularni ishlab chiqaruvchilar oʻz mahsulotlarini ichki bozorga toʻхtovsiz yetkazib bera boshladilar. Shu tariqa, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar ochildi.

 

Shu sababli jamoat va yoʻlovchi transportining barcha egalariga (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) bunday avtomobillarda videoregistratorlar oʻrnatish majburiyatini yuklash taklif etilmoqda. DYHXXga berilgan YHQ buzilishi qayd etilgan har bitta video uchun qoidabuzar toʻlagan jarima summasining kamida 5%i toʻlanadi. Bunda ariza beruvchining shaхsi oshkor etilmaydi va maхfiy saqlanadi. Videoni nafaqat jamoat transporti haydovchilari, balki istalgan fuqaro joʻnatishi mumkin boʻlsa kerak.   

 

Videoyozuvlar ob’yektiv boʻlishini ta’minlash uchun Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi va Oʻzstandart oʻrnatiladigan videoregistratorlarning teхnik reglamenti va standartlarini ishlab chiqadi. MV va MB esa yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslarga bunday uskunani oʻrnata olishlari uchun imtiyozli kredit liniyalarini taklif etadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.

 





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_