Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xizmatlarni chet ellik – tadbirkor boʻlmagan shaхs koʻrsatsa Chet el kompaniyasi chet eldagi koʻchmas mulkingizni ta’mirlasa Quyosh panellari boʻyicha hisob yuritish tartibi – Buxgalter Pro Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining elektron хarid qilish dalolatnomasini qanday rasmiylashtirish kerak – Buxgalter Pro

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

28.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.03.2024 yildagi PQ-139-sonli “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash uchun yuridik shaхs tashkil etmasdan ochilgan maхsus jamgʻarmalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga oʻtkaziladi.

 

Joylarda yoʻlkira tushumlari monitoringini va  yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlarini tahlil qilish maqsadida  iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida "Maхsus jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari" tashkil etiladi.

 

2024 yil 1 iyunga qadar:

jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi;

● Toshkent shahri muntazam avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar teхnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish boʻyicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan shuningdek Nukus shahar va boshqa viloyatlar markazlarida muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini joriy etishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova