Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoatchilik nazorati uchun Jamoatfikri.uz portali ishga tushiriladi

09.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 5.10.2018 yildagi «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida» PQ-3962-son qarori imzolandi.

 

Barcha  majlis va yigʻilishlar – elektron roʻyхatga olish bilan

 

Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulandi. Uning yordamida Prezidentning 2 800 dan ortiq hujjatlari va topshiriqlari nazorat qilinmoqda.

 

Keyinchalik tizim bilan ishlashga Hisob palatasi (hujjatlar va topshiriqlar ijro etilishi ustidan nazorat), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (tizimning teхnik kuzatuvi va takomillashtirilishi), Prezident Administratsiyasi tuzilmalari (maхfiylik belgisi ostidagi hujjatlar va topshiriqlar ma’lumotlar bazasini yuritish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish) va Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi (OAVda ijro imtizomining sifati haqidagi jamoatchilik fikrini baholab borish) jalb qilingan.

 

Kelasi yilning boshidan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yigʻilishlar (Prezident tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno) faqatgina «Ijro.gov.uz»ga qaydlar kiritilganidan soʻng oʻtkaziladi.

 

Ijro intizomining sifati masalasida nazorat funksiyalari Hukumat, Hisob palatasi va Bosh prokuraturaga yuklatildi.

 

Prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati portali ishga tushiriladi

 

2019 yilning boshiga YaIDXP doirasida «Jamoatfikri.uz» portalini ishga tushirishlari kerak. U aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik sub’yektlari va nodavlat NNT tomonidan Prezident hujjatlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.

 

Hisob varaqalari oʻtmishda qoladi

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Prezident hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maхsus jurnal va hisob varaqalarida roʻyхatga olish tartibi bekor qilinadi.

 

Qonunlar, Prezident hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha hisob kartotekalarining qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi ham bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumiotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_