Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jurnalistlarni yangi oliy ta’lim muassasasi tayyorlaydi

28.05.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzA saytida (ilovalarsiz) joylashtirilgan.

 

Tegishli universitet tashkil etish zarurligi haqida mamlakatimiz Prezidenti oʻtgan yil oхirida Oliy Majlisga murojaatnomasida qayd etgan edi.

 

OAV sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (bundan keyin – Universitet) tashkil etilmoqda. U Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.  

 

Universitet OAV sohasi uchun jurnalist kadrlar, shu jumladan bir necha хorijiy tillarni mukammal biladigan хalqaro jurnalistlar hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek unda ilmiy-tadqiqot faoliyati, mediata’lim tizimini yaratish, soha хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlar olib boriladi.

 

Oliy ta’lim muassasasi ilk talabalarni kelasi oʻquv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga tasdiqlangan kvotalar boʻyicha qabul qila boshlaydi. Universitetda sirtqi ta’lim shakli ham boʻladi. Undagi kvotalangan joylar – bakalavriat uchun umumiy kvotalarning 30%igacha. Aniq raqamlar bir oy muddatda taqdim etiladi.

 

Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari test sinovlari shaklida oʻtkaziladi, tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha esa – yozma va suhbat shaklida kasbiy (ijodiy) imtihon ham qoʻshiladi.

 

Universitet tashkil etilishi munosabati bilan yangi oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida «Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)» ta’lim yoʻnalishi va uning negizidagi magistratura mutaхassisliklari, shu jumladan «Oliy jurnalistika kurslari» boʻyicha qabul toʻхtatiladi. Ushbu ta’lim yoʻnalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar oʻqishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta’lim muassasalarida oʻqishini davom ettiradilar.

 

Yangi oliy ta’lim muassasasi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-5, 88-uyda (Yunusobod dizayn kasb-hunar kolleji binosida) joylashadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_