Sogʻliqni saqlash vazirligi Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyхatini yangiladi (roʻyхat raqami 3258-2, 29.09.2021 y.).
Sogʻliqni saqlash vazirligining 3.11.2020 yildagi 3258-1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ilgarigi versiyasi bilan solishtirganda, roʻyхat 138 dan 171 pozitsiyaga qadar koʻpaytirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.