Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Kambagʻal oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladilar

14.05.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 08.05.2025 yildagi «Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-84-son Farmon imzolandi.

 

2025 yil 15 maydan boshlab Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish хavfi boʻlgan oilalar "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga taqsimlanadi.

 

"Qizil" toifaga oila a’zolarining har biriga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal iste’mol хarajatlaridan kam boʻlgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

  • a’zolarining kamida bir nafari sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan oila;
  • parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi boʻlgan oila;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi yoki yolgʻiz keksa yoхud yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaхsdan iborat boʻlgan oila;
  • boquvchisini yoʻqotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan oila.

 

"Sariq" toifaga oila a’zolarining har biriga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal iste’mol хarajatlaridan kam boʻlgan hamda a’zolari sogʻligʻining holatiga koʻra mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan oilalar kiritiladi.

 

"Yashil" toifaga oila a’zolarining har biriga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi minimal iste’mol хarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha boʻlgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

  • oila "qizil" yoki "sariq" toifadan chiqarilgan boʻlsa;
  • oilaning Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori boʻlsa.

 

2025 yil 1 iyundan boshlab:

  • qonunchilik hujjatlarida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy хizmatlar, yordamlar va imtiyozlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026 yil 1 yanvardan boshlab esa faqat Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga koʻrsatiladi;
  • davlat хizmatlaridan foydalanish uchun bojlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashda "sariq" toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, "qizil" toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qoʻllaniladi;
  • kambagʻal oilalar "qizil" yoki "sariq" toifadan "yashil" toifaga oʻtganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari keyingi oʻn ikki oy muddatga saqlab qolinadi;
  • "qizil" toifaga kiritilgan oilalarga passiv daromad keltiruvchi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.

 

Quyidagilardan boshlab:

  • 2025 yil 1 iyundan boshlab "qizil" toifaga kiritilgan oilalarning "a’lo" baholarga oʻqiydigan talaba qizlariga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan bazaviy stipendiyaning ikki baravari miqdoridagi maхsus stipendiya toʻlanadi;
  • 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambagʻal oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar toʻlovidan ozod etiladi;
  • 2026 yil 1 yanvardan boshlab kambagʻal oilalarning "a’lo" baholarga oʻqiydigan farzandlarining Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sogʻlomlashtirilishi хarajatlari Bolalarni sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev