Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar uchun namunaviy ustavlar tasdiqlandi

14.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 466-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 6.09.2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Farmonini ijro etish maqsadida qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi nizom;
  • Boshlangʻich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi;
  • Oʻrta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi;
  • Oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning namunaviy ustavi.

 

Tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalariga tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ularning ustavlarini ishlab chiqish hamda ularning faoliyatini ularga muvofiq yoʻlga qoʻyish topshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan oʻquvchilarga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablagʻlar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Quyidagilar professional ta’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaхassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaхassisliklarga boʻlgan talablarini qondirish;
  • mehnat faoliyatida zamonaviy AKTni tatbiq qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
  • хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish;
  • Xalqaro tasniflagich darajalari bilan uygʻunlashgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini hamda oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • "Hayot davomida ta’lim olish" prinsipi asosida ta’lim olishga oʻtish uchun sharoitlar yaratish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.